Investitsiyalar

Milly IPOda ishtirok eting

MDHdagi avtomobil ishlab chiqaruvchi eng yirik kompaniyaning aksiyalarini sotib olib, daromad ko'rish imkoniyatini qo'ldan boy bermang

UzAuto Motors logo

IPOdagi narx oralig'i

72 500 - 81 500 so'm

Aksiyalar soni

2,7 - 13,5 mln

IPO muddati

2023 yil 1-15 Fevral

UzAuto Motors - MDHdagi avtomobil ishlab chiqaruvchi eng yirik kompaniya

UzAuto Motors kompaniyasi 1993 yilda tashkil etilgan bo‘lib, hozirda yiliga 360 mingdan ortiq avtomobil ishlab chiqaradi va mazkur ishlab chiqarish quvvatini 500 mingtagacha oshirish rejalashtirilgan. Kompaniya O‘zbekistondagi avtomobil bozorining 90 foizini, Qozog‘istonda esa 30 foizdan ortig‘ini egallaydi.

UzAuto Motors

Noyob geografik joylashuv

Andijon viloyatining Asaka va Xorazm viloyatining Pitnak shaharlarida yangitdan tashkil etilgan, yiliga 360 ming dona avtomobil ishlab chiqarish quvvatiga ega MDHdagi avtomobil ishlab chiqaruvchi eng yirik zavodlarda ishlab chiqarish tashkil etilgan.

Yetakchi o'rin

Kompaniya avtomobillarining sotuvi MDH bozorlarida a'lo daraja namoyish etmoqda - eksport ulushi 2018 yildagi 3,4% 2022 yilda 14,2% oshgan (prognoz). O'rtacha daromadning o'sishi so'nggi besh yil ichida 28%ni tashkil etdi, sof daromad 2018 yildagi 93 million dollardan so'nggi 12 oyda 215 million dollarga ko'tarildi.

Diversifikatsiyalangan model qatori

UzAuto Motorsning model assortimenti barcha toifadagi avtomobillarni, jumladan A, B, C, D, MPV va SUV toifalarini qamrab oladi.

MDH davlatlari bilan hamkorlik

UzAuto Motors eksportni oshirish maqsadida CKD usuli bo’yicha avtomobil yig’ishni O‘zbekistondan tashqari, Qozog‘iston va Ozarbayjonda ham yo’lga qo’ydi, bundan tashqari, bunday ishlab chiqarishlarni Tojikiston va Turkmanistonda yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.

Foydali hamkorlik

2021 yil 6 dekabrda O‘zbekiston-Qozog‘iston biznes-forumining IV yig‘ilishida mashinasozlik sohasida umumiy qiymati 500 million AQSH dollaridan ortiq summaga shartnomalar imzolandi.

UzAuto Motors kompaniyasiga sarmoya kiritishning sabablari

Kompaniya General Motors brendi bilan hamkorlik qiladi

Mashhur brendning aksiyadoriga aylaning

O'zbekistondagi eng yirik IPOda ishtirok etish imkoniyatini qo'ldan boy bermang

O'sish potentsialiga ega aksiyalar

Tahlilchilar aksiyalardan olinadigan daromadni 28%dan yuqori bo'lishini kutishmoqda

Yetakchi kompaniyaga sarmoya kiriting

UzAuto Motors – mamlakatdagi 10 ta eng yirik soliq to‘lovchilar orasida yagona yuqori texnologiyali kompaniya va O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sishning haqiqiy drayveri.

Dunyoning yetakchi fond birjasida

2021 yil aprel oyida kompaniya o'z obligatsiyalarini London fond birjasida joylashtirdi. 5 yil muddatga 300 million AQSH dollarlik yevroobligatsiyalar chiqarildi. Boshlang'ich stavka 5,375% etib belgilandi; besh marta qayta obunadan so'ng, stavka 4,85% gacha kamaytirildi

IPO nima?

IPO - bu aksiyalarni birlamchi ommaviy joylashtiruvi. O'z aksiyalarini fond birjasiga joylashtirgan kompaniya shu tariqa ma'lum shartlar asosida kapital jalb qiladi va aksiyalarni sotib oluvchilar jamiyat biznesining sherik egalari bo'lib, uning siyosatiga ta'sir qilish, qarorlar qabul qilishda ishtirok etish, shuningdek daromad olish imkoniyatiga ega bo'ladilar.

Avtomobilni yig'ish

Nima uchun aksiyalarga investitsiya qilish afzalroq?

IPOda ishtirok etish aksiyalarni kompaniya tomonidan belgilangan maxsus narxda sotib olish imkoniyatini beradi.

Birjada aktsiyalar savdosining birinchi kunida istagan odam ularni sotib olishi mumkin. O'sha vaqtda yuqori talab tufayli narx o'nlab foizga o'sishi mumkin.

IPO 2012 yildan boshlab mijozlarga tavsiya etilgan

174

01.02.2022

Joylashtirishning birinchi kunidagi investitsiyalarning o'rtacha daromadliligi

37%

01.02.2022

IPO uchun aksiya narxi

72 500 so'm

Aksiyaning adolatli narxi

90 637 so'm

IPO dagi aksiya narxi va adolatli narxi o'rtasidagi farq

25%

Chevrolet Tracker yutib oling!

Chevrolet Tracker avtomobilini yutub olish imkoniyatini qo'ldan boy bermang

UzAuto Motors aksiyalarini xarid qiling va Chevrolet Tracker yutib olish imkoniyatini qo'lga kiriting!

Sovrinli o`yion qoydalari bilan tanishing

4 qadamda UzAuto Motors aksiyadoriga aylaning!

Sizga qulaylik yaratish maqsadida IPOda qatnashish jarayonini imkon qadar soddalashtirdik. Barcha kerakli ma'lumotlarni online qoldiring. Bu ma’lumotlar asosida biz hujjatlarni shakllantiramiz va Sizga kompaniyaning eng yaqin dilerlik markazida ularni faqat imzolash qoladi.

1-Qadam

Ishtirok etish uchun ariza va o’z pasport ma'lumotlaringizni qoldiring

2-Qadam

Hujjatlarni UzAuto Motors dilerlik markazida imzolang

3-Qadam

Ishtirok etish uchun o’z brokerlik hisobingizni mablag bilan to’ldiring

4-Qadam

IPO boshlangan kunda o’z brokerlik hisobingizga aksiyalar oling.

Video ko'rsatma

Siz qoldirgan pasport maʼlumotlari asosida quyidagilar avtomatik tarzda yaratiladi:

  1. Ishtirok etish uchun ariza va o’z pasport ma'lumotlaringizni qoldiring
  2. Hujjatlarni UzAuto Motors dilerlik markazida imzolang
  3. Ishtirok etish uchun o’z brokerlik hisobingizni mablag bilan to’ldiring
  4. IPO boshlangan kunda o’z brokerlik hisobingizga aksiyalar oling.

Hujjatlarni imzolash

Ariza topshirib, pasport ma'lumotlarini yuklaganingizdan so'ng, faqat hujjatlarni imzolash qoladi.

Sizning qulayligingiz uchun

Siz qoldirgan pasport ma'lumotlari asosida quyidagi hujjatlar avtomatik tarzda tayyorlandi

Imzolash

Imzolash jarayonini yakunlash uchun ushbu hujjatlarni kompaniyaning eng yaqin dilerlik markazida imzolash qoladi.

Saytda barcha dilerlik markazlarining manzillari kiritilgan interaktiv xarita ko'rsatilgan, undagi xodimlarning o'zlari barcha hujjatlarni imzolashingiz uchun tayyorlab beradi

Imzolashga o'zingiz bilan pasportingiz va telefoningizni olib keling.

Avtosalonlarning ish vaqti:

Dushanba-Shanba 09:00 - 18:00

(tushlik vaqti soat 13:00 - 14:00)

Ko'p uchraydigan savollar:

Qimmatli qog'ozlar bozori nima?

Qimmatli qog'ozlar bozori - bu bo'sh kapitalga ega bo'lgan shaxslar va ularni ma'lum shartlarda qabul qilishga tayyor shaxslar o'rtasidagi qimmatli qog'ozlar (aksiya, obligatsiyalar va boshqalar) chiqarish yo'li bilan qurilgan munosabatlar sohasi.

Qimmatli qog'ozlarga mablag' qo'yish nima uchun bankda omonat saqlashdan ko'ra foydaliroq?

Qimmatli qog'ozlar bank depozitidan farqli o’laroq inflyatsiyadan himoyalangan.

Qimmatli qog'ozlar qayerda saqlanadi?

Qimmatli qog'ozlar Qimmatli qog'ozlar markaziy depozitariysi deb nomlanadigan davlat korxonasida saqlanadi.

Broker bankrot bo'lsa nima bo'ladi?

Mijoz va brokerning aktivlari (pullari va qimmatli qog'ozlari) bir-biriga bog'liq bo'lmagan hisobvaraqlarda hisobga olingan. Mijoz o'z xohishiga ko'ra, o'z aktivlarini erkin tasarruf etishi, shu jumlagan boshqa brokerga ham o'tkazishi mumkin.

Hisoblangan dividendlar bo'yicha soliqlarning qanday turlari va miqdorlari nazarda tutilgan?

Kapital bozorini rivojlantirish, chakana va institutsional investorlarni rag‘batlantirish maqsadida: - O‘zbekiston Respublikasining rezidenti va norezidenti bo‘lgan jismoniy shaxslarning aksiyalar bo‘yicha hisoblangan dividendlar tarzidagi daromadlari daromad solig‘idan ozod qilinadi; - O‘zbekiston Respublikasining norezidenti bo‘lgan yuridik shaxslarning aksiyalar bo‘yicha hisoblangan dividendlar tarzidagi daromadlariga O‘zbekiston Respublikasining rezidenti bo‘lgan yuridik shaxslar singari foyda solig‘ining 5 foiz stavkasi tatbiq etiladi; - O‘zbekiston Respublikasining rezidenti va norezidenti bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslarning xo‘jalik jamiyatlari obligatsiyalari bo‘yicha hisoblangan foizlar tarzidagi daromadlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘idan ozod qilinadi.

IPO- bu nima?

IPO - bu aksiyalarni birlamchi ommaviy joylashtirish. O'z aksiyalarini fond birjasiga joylashtirgan Kompaniya shu tariqa ma'lum shartlar asosida kapital jalb qiladi, aksiyalarni sotib oluvchilar bo’lsa Kompaniya biznesining sheriklikdagi egasi bo'lib, uning siyosatiga ta'sir qilish, qarorlar qabul qilishda ishtirok etish, shuningdek daromad olish imkoniyatiga ega bo'ladilar.

UzAuto Motors nima uchun IPOga chiqmoqda?

UzAuto Motors Kompaniyasi mahsulotlari O'zbekiston va qo'shni mamlakatlar avtomobil bozorida yetakchi o'rinni egallaydi. UzAuto Motors Kompaniyasi aksiyalarini fond birjasida ommaviy joylashtirish orqali jahon bozorida o'z maqomini global bozor ishtirokchisigacha ko'tarish, brendning global arenalarda tan olinishini ta'minlash, avtomobilsozlik sanoatida xalqaro standartlarga javob beradigan zamonaviy boshqaruv usullarini joriy etish, raqobat ustunligini mustahkamlash, ishlab chiqarishni texnik va texnologik qayta jihozlash loyihalarini moliyalashtirish uchun zarur.